Taekvondo WT sport turini rivojlantirish yo'lida hamkorlik memorandumi imzolandi
Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, sport tadbirlari, seminar va treninglarni tashkil etish orqali samarali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, taekvondo WT sport turini talabalar o'rtasida ham keng ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalar, sport tadbirlari, seminar va treninglarni tashkil etish orqali samarali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor