locale OZ

Taekvondo WT rivoji yo'lida uch tomonlama hamkorlik memorandumi tuzildi

Bu haqda O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvondo WT rivoji yo'lida uch tomonlama hamkorlik memorandumi tuzildi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov, O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo'limi ijrochi direktori Obidjon Axadov hamda Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O'tkir Najmiddinov o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish hamda taekvondo WT sport turini rivojlantirishga qaratilgan uch tomonlama memorandum imzolandi.

Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi Buxoro viloyatida taekvondo WT sport turini ommalashtirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni erta bosqichda aniqlab, ularni professional sport tizimiga jalb etishdan iboratdir. Shuningdek, ushbu hamkorlik sport sohasida ta’lim, amaliy mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini yanada uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting