Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston kubogi davom etmoqda
Bu haqda Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Joriy yilning 10–15-may kunlari Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida taekvondo WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Namangan viloyati sportchilari ham munosib ishtirok etmoqda!
Samijonov Dilmurod 68 kg vazn toifasida Kumush medal sohibi bo'ldi.
Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dilmurodning ushbu muvaffaqiyati viloyatimiz sporti rivoji yo‘lida yana bir muhim yutuq bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist