locale OZ

Taekvondo. Usmon Abduqaniyev “Batumi Open-2025” g‘olibi bo‘ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvondo. Usmon Abduqaniyev “Batumi Open-2025” g‘olibi bo‘ldi
Photo: uza.uz

Gruziyada taekvondo WT bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilgan “Batumi Open-2025” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini himoya qilgan IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondochilari 3 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida Usmon Abduqaniyev (-27 kg.) gruziyalik Ioane Jorbenadzeni, Torgva Sumbadzeni, turkiyalik Ali Barat Atalanni mag‘lub etib, final bosqichiga yo‘l oldi.

So‘nggi hal qiluvchi final jangida mezbonlarning yana bir vakili Luka Lashkini dastlabki raundda 12:2, ikkinchi raundda esa 9:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda “Batumi Open-2025” chempioniga aylandi.

Shuningdek, o‘z vaznlarida E’zozaxon Rahmonova (-42 kg.) hamda Muhammad Dilshodov (-29 kg.) oltin, Muhammad Ali Ismoilov (33 kg.) esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting