locale OZ

Taekvondo terma jamoasi a‘zolari uchun seminar tashkil etildi

Seminar davomida ishtirokchilarga yangi qonun normalari, antidoping qoidalariga rioya etishning muhim jihatlari hamda sportchining mas‘uliyati haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvondo terma jamoasi a‘zolari uchun seminar tashkil etildi
photo: taekvando Uzbekistan

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan taekvondo bo‘yicha terma jamoa a‘zolari uchun “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, shuningdek Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarish va yangilanishlar yuzasidan seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir sportchilarni amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish, antidoping talablar va ularning sport faoliyatidagi ahamiyatini tushuntirishga qaratildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yangi qonun normalari, antidoping qoidalariga rioya etishning muhim jihatlari hamda sportchining mas‘uliyati haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.

Shuningdek, halol va adolatli sport tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting