Taekvando. Xalqaro musobaqalar oldidan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Xalqaro musobaqalar oldidan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligida joriy yilning aprel-may oylarida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan badiiy gimnastika, taekvondo WT va velosport bo‘yicha xalqaro musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig'ilish davomida musobaqalarda sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etish, xavfsizlik choralarini ko'rish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng, sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq ko'rsatmalar berildi.