Taekvando. Uzbekistan Open xalqaro turniri davom etmoqda
Musobaqada bo'layotgan mazkur bellashuvlar ertaga o'z nihoyasiga yetadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan "Pahlavon" sport majmuasida taekvondo WT bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida "Uzbekistan Open" xalqaro musobaqasi o'tkazilmoqda.
Kecha turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda so‘zga chiqqan mehmonlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda taekvondo sportiga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar va sportchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik tufayli yurtimizda xalqaro miqyosdagi musobaqalar tobora ko‘payib borayotganini ta’kidlab, barcha sportchilarga musobaqada omad yor bo'lishini tilashdi.
Ma'lumot o'rnida, bellashuvlar ertaga o'z nihoyasiga yetadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor