locale OZ

Taekvando. Svetlana Osipova Jahon chempionati sovrindori!

Hamyurtimiz final bahsida Turkiya vakilasi Nafiya Kus Aydin bilan to‘qnash keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Svetlana Osipova Jahon chempionati sovrindori!
photo: MOQ

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova (+73 kg) Xitoyning Usi shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz final bahsida Turkiya vakilasi Nafiya Kus Aydin bilan to‘qnash keldi. Shiddatli ruhda kechgan bahsda Osipova imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa-da, jamoamiz hisobiga navbatdagi qimmatli medalni taqdim etdi.

Bu orqali Svetlana o'z faoliyatida uchinchi marotaba Jahon chempionati medali sohibasiga aylandi. Terma jamoamizning Usi-2025 Jahon chempionatidagi medallari soni esa 2 taga yetdi: 1 ta kumush va 1 ta bronza.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting