Taekvando. Para taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O'zbekiston chempionati o‘tkazildi
21-22 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida mamlakat birinchiligi bo'lib o'tdi.
Unda 15 ta jamoaning 100 nafarga yaqin sportchilari bahs olib bordi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida milliy terma jamoa a’zolari birinchi bo'lishdi.
Vazn toifalari bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati g'oliblari:
Erkaklar:
58 kg: Fayoz Valijonov (Milliy terma jamoa)
63 kg: Xusniddin Saparbayev (Qoraqalpog'iston Respublikasi)
70 kg: Asilbek Xusanov (Milliy terma jamoa)
80 kg: Otabek Amatov (Milliy terma jamoa)
+80 kg: Umarbek Mo'ydinov (Milliy terma jamoa).
Ayollar:
47 kg: Qizlarxon Isomiddinova (Milliy terma jamoa)
52 kg: Mashhuraxon Eraliyeva (Andijon)
57 kg: Kamola Rasulova (Milliy terma jamoa)
65 kg: Charos O'rinboyeva (Milliy terma jamoa)
+65 kg: So'g'diyona Normo'minova (Milliy terma jamoa).