locale OZ

Taekvando. O'zbekiston Toshkentdagi Jahon chempionatini tarixdagi eng yaxshi natija bilan yakunladi

Poytaxtizmida olti kun davom etgan taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. O'zbekiston Toshkentdagi Jahon chempionatini tarixdagi eng yaxshi natija bilan yakunladi
photo: taekvando Uzbekistan

Poytaxtizmida olti kun davom etgan taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Yosh taekvondochilarimiz Jahon chempionatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medalga ega chiqishdi. E'tiborlisi, bu yoshlar Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijamiz sifatida tarixda qoladigan bo'ldi. Boisi, vakillarimiz bunga qadar bitta Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritishmagan edi.

Oltin medal:
-48 kg: Yosinbek Odilov
-51 kg: Asadbek Samandarov
-63 kg: Mohidil Oʻktamjonova

Kumush medal:
-68 kg: Ayubxon Nabiyev
+78 kg: Alisher Pak

Bronza medal:
-45 kg: Shohjahon Xolmurodov.

Yanada ahamiyatlisi, Toshkent-2026 Jahon chempionatida yigitlar jamoamiz ochkolar hisobiga ko'ra, eng yaxshi natijani ko'rsatib, musobaqani birinchi o'rinda yakunladi.

Konstantin Li murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz Jahon chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda yakunladi. Bu biz uchun yangi tarix, bu Yangi O'zbekistonning yangi g'alabasi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting