locale OZ

Taekvando. O'zbekisrton milliy jamoasi Osiyo o'yinlaridagi natijasini yaxshilab, umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldi

Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. O'zbekisrton milliy jamoasi Osiyo o'yinlaridagi natijasini yaxshilab, umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldi
photo: taekvando Uzbekistan

Taekvando. O'zbekisrton milliy jamoasi Osiyo o'yinlaridagi natijasini yaxshilab, umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldi.

Aichi-Nagoya-2026 XX Osiyo o‘yinlarida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etmoqda.

Musobaqaning hal qiluvchi bahslarida vakillarimiz yuqori mahorat namoyish etib, mamlakatimiz delegatsiyasi hisobiga qimmatli medallarni qo‘shib qo’yishdi.

photo: taekvando



Jasurbek Jaysunov -80 kg vazn toifasida Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ozoda Sobirjonova -67 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, +80 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Marat Mavlonov ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi kumush medalni taqdim etdi. Svetlana Saidova esa musobaqada bronza medaliga sazovor bo’lib, o’z faoliyatida yana bir bor Osiyo o’yinlari medalini qo’lga kiritdi.

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o’yinlari yakunlanishi arafasida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yuqori natijalardan birini yangilamoqda! Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlaridagi natijamizni medallar sifati bo’yicha yaxshiladik. Terma jamoamiz Aichi-Nagoya XX yozgi Osiyo o’yinlarini umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinda nihoyasiga yetkazdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting