locale OZ

Taekvando. Najmiddin Qosimxojiyev endi Jahon chempioni!

Najmiddin faoliyatida ilk marotaba Jahon chempionati medaliga, bo'lganida ham OLTIN medalga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Najmiddin Qosimxojiyev endi Jahon chempioni!
photo: taekvando Uzbekistan

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg) Usi shahrida (Xitoy) yakuniga yetib borayotgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Hamyurtimiz final bahsida Olimpiya o'yinlari va Jahon chempionati sovrindori, Braziliyaning tajribali vakili Edival Pontes bilan to‘qnash keldi. Quvonarlisi, shiddatli ruhda kechgan bahsda Qosimxojiyev raqibi ustidan zafar quchib, jamoamiz hisobiga qimmatli oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, Najmiddin faoliyatida ilk marotaba Jahon chempionati medaliga, bo'lganida ham OLTIN medalga ega chiqdi. Terma jamoamiz esa Usi-2025 Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.

1 NAJMIDDIN QOSIMXOJIYEV (O'ZBEKISTON)
2 Edival Pontes (Braziliya)
3 Magomed Abdusalamov (Neytral maqomdagi sportchi)
3 Amir Sina Baxtiyari (Eron)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting