locale OZ

Taekvando. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatini tarixiy natijalar bilan yakunladi

Bu safargi Jahon chempionati biz uchun o'ziga xos natijalarga boy bo'ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatini tarixiy natijalar bilan yakunladi
photo: taekvando Uzbekistan

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha yetti kun davom etgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z nihoyasiga yetdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etgan mazkur dunyo birinchiligida Pavel Xan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ham munosib ishtirok etib, yakunda sportchilarimiz tomonidan 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

Oltin:

Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg).

Kumush:

Svetlana Osipova (+73 kg).

Bronza:

Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg).

Bu safargi Jahon chempionati biz uchun o'ziga xos natijalarga boy bo'ldi. Misol uchun, Najmiddin JChda oltin medalni qo'lga kiritgan ikkinchi o'zbekistonlik erkak taekvondochiga aylandi. Svetlana esa uchinchi marotaba dunyo birinchiligi shohsupasiga ko'tarildi. Yosh sportchimiz Jahongir esa ilk marotaba dunyo birinchiligi medalini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, jamoamiz yilning eng muhim turnirini yuqori notada yakunlab oldi. G'alaba muborak!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting