Taekvando. Keyingi manzil Xitoy
Milliy terma jamoamiz oldida navbatdagi xalqaro musobaqalar: bizning keyingi manzilimiz Xitoy bo‘ladi
Chin yurtining Tayyan hamda Usi shaharlari aprel oyida ikkita yirik turnirga mezbonlik qiladi. Dastlab, 23-24-aprel kunlari Tayyan shahrida "Butunjahon taekvondo ittifoqi Prezidenti kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir G3 klassifikatsiyasiga ega ekani bilan ham ahamiyatlidir.
Shundan keyin 29-30-aprel kunlari Usi shahri o‘zida 13-marotaba tashkil etilayotgan Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini qabul aylaydi. Musobaqa G1 klassifikatsiyasida tashkil etiladi.
Har ikki yirik turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta tarkibda qatnashadi. Bosh murabbiyimiz Pavel Xan qaroriga ko‘ra, musobaqalarda quyidagi tarkibda ishtirok etamiz:
Erkaklar:
Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Mirdiyor Mirayimov (54 kg)
Omonjon Otajonov (58 kg)
Kamron Mansurov (58 kg)
Nazarali Nazarov (63 kg)
Shamsiddin Qurbonov (63 kg)
Diyorbek To‘xliboyev (68 kg)
Mironshohmirzo Muzaffarov (68 kg)
Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
Shahboz Tusmatov (74 kg)
Jasur Jaysunov (80 kg)
Shuhrat Salayev (87 kg)
Yodgor Jo‘raboyev (87 kg)
Shohjahon Karimboyev (87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Ayollar:
Madina Shoniyozova (46 kg)
Dilnoza Tangirova (49 kg)
Laylo Zayniddinova (53 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Shabbona Abduvaliyeva (57 kg)
Sevinch Hayitova (62 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Iroda Mirtojiyeva (+73 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Murabbiylar:
Pavel Xan (Bosh murabbiy)
Stanislav Xan
Aleksandr Kim
Maksim Rafalovich
Jasur Boyqo'ziyev
Zaynobiddin Nazaraliyev.