locale OZ

Taekvando. Jahon chempionatining g'olib va sovrindor sportchilari hamda ularning murabbiylari taqdirlandi

Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Jahon chempionatining g'olib va sovrindor sportchilari hamda ularning murabbiylari taqdirlandi
photo: taekvando Uzbekistan

Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya Shon-shuhrati muzeyida taekvondo WT boʻyicha Xitoyning Usi shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Dunyo birinchiligida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, -74 kg vazn toifasida Jahon chempionligiga erishgan Najmiddin Qosimxojoyev Hukumat qarori asosida Prezident sovgʻasi – BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur musobaqada kumush medalga sazovor boʻlgan Svetlana Osipova hamda sportchilarimizning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting