locale OZ

Taekvando. Ikkinchi kunda 3 ta medalga ega chiqdik, Xudoyberdiyev va Sobirjonova o’z vaznlarida tengsiz!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram

Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi". Ikkinchi kunda 3 ta medalga ega chiqdik, Xudoyberdiyev va Sobirjonova o’z vaznlarida tengsiz!

Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo'yicha G3 klassifikatsiyasidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo'ljallangan musobaqasidan o'rin olgan ikkinchi kungi bellashuvlar bo'lib o'tmoqda.

Kun davomida erkaklar o'rtasida -54 kg, -58 kg, -63 kg, -68 kg, ayollar o'rtasida esa -62 kg, -67 kg, -73 kg, hamda +73 kg vazn toifalaridagi bahslar o'tkazilyapti.

Milliy terma jamoamizning 12 nafar taekvondochisi dayangga ko'tarilgan kunning yakunida vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza, jami 3 ta medalga ega chiqishdi. Jumladan, Jahongir Xudoyberdiyev hal qiluvchi bellashuvda mezbon yurt vakili Jiachai Qiangdan, Ozoda Sobirjonova Koreya Respublikasi vakilasi Min Ju Kvakdan ustun keldi.

Oltin:

Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg)
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).

Bronza:

Svetlana Osipova (+73 kg).

Eslatib o'tish joiz, kecha turnirning ilk kuni doirasida 5 ta medalni (2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) qo'lga kiritgandik.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting