locale OZ

Taekvando. Hozircha ikkita medalni qo'lga kiritdik. Ulardan biri oltin!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Hozircha ikkita medalni qo'lga kiritdik. Ulardan biri oltin!
PHOTO: Telegram

Kadetlar o’rtasidagi Jahon chempionati: Bugungi kunning o’zida 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdik!

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan kadetlar o’rtasidagi Jahon chempionatining to’rtinchi kuni terma jamoamiz uchun anchayin omadli kechdi.

Kun davomida Konstantin Li boshchiligidagi jamoamizning to’rt nafar a’zosi bahslarga kirishgandi. Quvonchlisi, ulardan ikki nafari yakunda shohsupadan joy oldi. Yigitlardan Nikita Bibikov (65 kg) o’z divizionida tengsiz bo’lgan bo’lsa, qizlarimizdan Rayxona Asanbayeva (41 kg) bronza medaliga ega chiqdi.

Oltin:

Nikita Bibikov (61 kg).

Bronza:

Rayxona Asanbayeva (41 kg).

Shunday qilib, musobaqadagi medallarimiz soni 3 taga yetdi: 2 ta oltin va 1 ta bronza.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting