Taekvando. Gulistonda kichik o'smirlar o'rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi
Gulistonda kichik o'smirlar o'rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida taekvondo WT turi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
29-avgustga qadar davom etadigan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jami 600 nafar yosh sportchi g‘oliblik uchun tatamiga chiqadi.
Chempionat davomida ishtirokchilar turli vazn toifalarida kuch sinashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati, tezkorligi va jangovar ruhini namoyish etishadi. Har bir bellashuv yosh taekvondochilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib, ular mamlakat chempioni bo‘lish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi.