Taekvando. Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida \"Andijan Challenge\" musobaqasi o‘tkazildi
Musobaqa Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilib, unda bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Andijonda sport seleksiyasi oyligi doirasida "Andijan Challenge" musobaqasi o‘tkazildi
Musobaqa Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilib, unda bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Mazkur musobaqani o'tkazishdan asosiy maqsad — yosh sportchilarni saralab olish, ularning mahoratini oshirish hamda taekvondo WT sport turini ommalashtirishdan iborat edi. Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik, kuch va texnik mahorat namoyish etdilar.
Bellashuvlar yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor