locale OZ

Taekvando. Alisher Pak yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Toshkent-2026 XV yoshlar Jahon chempionatining dastlabki kunidayoq O'zbekiston terma jamoasi ilk medalga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvando. Alisher Pak yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati sovrindoriga aylandi
photo: taekvando Uzbekistan

Toshkent-2026 XV yoshlar Jahon chempionatining dastlabki kunidayoq O'zbekiston terma jamoasi ilk medalga ega chiqdi. Jamoamizning +78 kg vazn toifasidagi vakili Alisher Pak o'zining ishonchli chiqishi orqali musobaqaning final bosqichiga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi jangda Alisherga Koreya Respublikasi vakili Yeom Simok raqiblik qildi. Shiddatli bahsda taekvondo vatani sharafini himoya qiluvchi Yeom Simokning qo'li baland keldi.

Shunday bo'lsa-da, yosh sportchimiz Alisher Pak Toshkent mezbonligidagi dunyo birinchiligida terma jamoamizning ilk medaliga mualliflik qildi. Dastlabki kun yakuniga ko'ra, hisobimizda kumush medali mavjud.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting