locale OZ

Suzish. Jahon chempionati: Azizbek Boynazarov va Sardor Baxtiyorov hal qiluvchi bosqichda

Para suzish bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suzish. Jahon chempionati: Azizbek Boynazarov va Sardor Baxtiyorov hal qiluvchi bosqichda
photo: para suzish

Para suzish bo‘yicha Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi chiqish qildi. Erkaklar o‘rtasida S8 toifasidagi 200 m masofaga kompleks suzish bahslarida chiqish qilgan Azizbek Boynazarov 2:29.77 soniyada marraga kelib, umumiy guruhda ham birinchi bo‘ldi.

Sardor Baxtiyorov (S7) esa 50 m masofaga erkin usulda suzish dasturida 30.66 soniya bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. 400 m masofaga erkin usulda suzish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bogdan Biktimirovga esa biroz omad yetishmadi, u marraga 4:34.82 soniyada yetib bordi, biroq bu final chiptasi uchun kamlik qildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting