Suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush va bronza medallari qo‘lga kiritildi
Musobaqaga Hindiston mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Shu kunlarda Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallariga ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida 1500 metrga erkin usulda suzish yo‘nalishida Ilya Sibirsev 15:23.35 daqiqa natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 3 metrlik tramplindan sinxron sakrash dasturida Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist