locale OZ

Suv polosi. Erkaklar. Malayziyani mag’lub qildik, ammo..

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suv polosi. Erkaklar. Malayziyani mag’lub qildik, ammo..
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, shu kunlarda Singapur davlatida 20 yoshli sportchilar o’rtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tmoqda.

Bugun erkaklar terma jamoamiz ham turnirdagi ishtirokini yakunladi. Musobaqaning so’ngi kunida O’zbekiston U-20 erkaklar terma jamoasi Malayziya U-20 terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz 23:6 hisobida g’alaba qozongan bo’lsada, ushbu natija sovrindorlar qatoriga kirish uchun yetarli bo’lmadi. Turnir yakuniga ko’ra yosh suv polochilarimiz 5-o’rinni qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz ushbu chempionatning ayollar o’rtasidagi bahslarida terma jamoamiz bronza medalini qo’lga kiritgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting