Suv polisi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi
Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Instagramdagi Aquatic.uz sahifa 20 yoshgacha ayollar terma jamoasi
25-30-mart kunlari Singapurda suv polosi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Qozog‘iston terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va 6:12 hisobida qozog‘istonlik sportchilar foydasiga hal bo‘ldi. Barcha olti o‘yin kuni natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi, Qozog‘iston ikkinchi o‘rinni egalladi, Xitoy terma jamoasi chempionat g‘olibi bo‘ldi.
Erkaklar terma jamoasi musobaqani beshinchi o‘rinda yakunladi. Beshinchi o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston Malayziyaga qarshi o‘ynadi va yakuniy hisob 23:6 bo‘lib, o‘zbekistonlik sportchilar foydasiga hal bo‘ldi.