locale OZ

Surxondaryoda suzish sport turini rivojlantirishga qaratilgan ishchi tashrif

“Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi delegatsiyasi Surxondaryo viloyatida tajriba almashdi va master-klasslar o‘tkazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Tashrif viloyat filiali rahbari Abdukarim Ahmedov bilan rasmiy uchrashuvdan boshlandi. Suhbat chog‘ida mintaqada suv sport turlarini rivojlantirish istiqbollari, murabbiylar va sportchilar malakasini oshirishga qaratilgan seminar hamda master-klasslarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya ijrochi direktori Sherzod Inog‘amov boshchiligidagi delegatsiya Termizdagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazi, ixtisoslashtirilgan suzish maktabi va shahar sport maktabini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif doirasida suv inshootlarining hozirgi holati, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va sport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligini mukammal ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Dmitriy Shvetsov va ijrochi direktor Sherzod Inog‘amov ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur master-klassda suzish texnikasini takomillashtirish, tajriba almashish va zamonaviy usullarni joriy etishga alohida urg‘u berildi. Hudud murabbiylari uchun bunday mashg‘ulotlar katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Surxondaryo viloyatida respublika miqyosida yuqori natijalar ko‘rsatayotgan iqtidorli sportchilar yetishib chiqmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting