Surxondaryoda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan kurash musobaqasi gʻoliblari munosib taqdirlandi
Bellashuvning bosh sovrini Damas avtomobili mutloq vazn g‘olibi Muhammadkarim Xurramovga nasib etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Surxondaryo viloyat hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi hamda viloyat kurash federatsiyasi hamkorligidagi bellashuvda erkaklar 4 ta vaznda kurashagan bo’lishsa, ayollar 1 ta vaznda g’oliblik uchun o’z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Natijalarga ko‘ra ayollar o‘rtasidagi bahsda Shohista Nazarova g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida 60 kilogramda Bunyod Jabborov, 73 kilogramda Jamshid Yuldoshev, 90 kilogramda Abdulaziz Jo‘rayevga teng keladigani topilmadi.
Mutloq vaznda kechgan bahsda Muhammadkarim Xurramov g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga viloyat hokimligi tomonidan sovrinlar tantanali ravishda topshirildi.
Bellashuvning bosh sovrini Damas avtomobili mutloq vazn g‘olibi Muhammadkarim Xurramovga nasib etdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor