locale OZ

Surxondaryo viloyatidagi sport maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi

Umumta’lim maktablari bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surxondaryo viloyatidagi sport maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muzaffarxo‘ja Rahmatxo‘jayev Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Denov va Sariosiyo tuman sport maktablarida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O'rganish davomida sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, sport maktabida olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, sportchilarning tayyorgarlik darajasi, moddiy-texnik baza holati, mavjud infratuzilma, sport inshootlari hamda tibbiy xonalar faoliyati, shuningdek Denov dzyudo mahorat maktabi ham atroflicha o'rganildi.

Mas’ullar tomonidan sport maktablari faoliyati samaradorligini har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘rganish va ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ularni umumta’lim maktablari bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting