locale OZ

Surxondaryo dzyudochilari yana birinchi — “Uzbekistan Judo Tour” Navoiy bosqichi yakunlandi

200 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashda taniqli sportchilar ham ishtirok etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Navoiy shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar 200 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun 4 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

Musobaqada Parij–2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov boshchiligida bir qator taniqli dzyudochilar ham ishtirok etdi. G‘oliblar quyidagicha shakllandi:
–81 kg: Ahror Ziyodullayev
–90 kg: Otabek To‘raboyev
–100 kg: Jahongir Matraximov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Alisher Yusupov musobaqani beshinchi o‘rin bilan yakunladi.

Jamoaviy hisobda esa bu gal ham Surxondaryo viloyati vakillari peshqadamlikni saqlab qolishdi. Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi 30 iyul kuni Andijon viloyatida o‘tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting