locale OZ

«Surxon» futzal jamoasi 2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga musobaqasidan chetlatildi

2026-yil 14-fevraldan 27-fevralga qadar istisno tariqasida transfer oynasini ochish vazifasi yuklatildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Surxon» futzal jamoasi 2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga musobaqasidan chetlatildi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston futzal federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakat milliy chempionatining 8-tur uchrashuvlariga Termizning “Surxon” jamoasi yetib kelmagani masalasi ko‘rib chiqildi.

Federatsiya 2025/2026-yilgi mavsumda O'zbekiston futzal federatsiyasi tomonida o'tkaziladigan futzal musobaqalari Reglamentining 8.6-bandiga muvofiq, “Surxon” jamoasiga 8-tur doirasidagi “Neftchi” hamda “Qizilqum” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda texnik mag‘lubiyat yozildi. Shuningdek, Farg‘ona va Navoiy viloyati jamoalariga texnik g‘alaba berildi.

Ijroiya qo‘mita Reglament talablariga rioya etilmagani hamda jamoa 8-turda ketma-ket ikki uchrashuvga kelmagani sababli “Surxon”ni 2025/2026-yilgi mavsum Oliy liga va Kubok musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston futzal federatsiyasi Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish departamentiga Reglamentga muvofiq ravishda “Surxon” jamoasi futbolchilarining Oliy va Birinchi liga klublari bilan qo‘shimcha shartnoma imzolashi hamda futbolchi sifatida ishga joylashishi uchun 2026-yil 14-fevraldan 27-fevralga qadar istisno tariqasida transfer oynasini ochish vazifasi yuklatildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting