locale OZ

Surdolimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislar, sportchi va murabbiylarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Tadbirda Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulovlar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surdolimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislar, sportchi va murabbiylarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
photo: sport vazirligi

Tadbirda Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulovlar ishtirok etdi.

Qayd etish joziki, sport va para sport yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar orqali O‘zbekiston Karlar, maxsus olimpiada va ko‘zi ojizlar sport federatsiyalarining faoliyati bo‘yicha yaxlit yagona tizim yaratildi.

Xususan, ilgari nodavlat va notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston Karlar sport federatsiyasi Assosiatsiya tarkibiga a’zo sifatida qabul qilindi. Federatsiyaga tegishli shtat birliklari ajratilib, uning faoliyati davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

Federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvatlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Olimpiya shaharchasidan joy ajratilib, barcha zarur texnika jihozlari bilan ta’minlandi.

2025-yil 15–26-noyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXV yozgi Surdlimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 33 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Sportchilar tomonidan 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Taqdirlash marosimida sportchilar, ularning murabbiylari va yil davomida soha rivoji hissa qo'shgan mutaxassislarga esdalik sovg'alari va pul mukofotlari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting