locale OZ

Superbet Chess Classic Romania: Rameshbabu chempion bo‘ldi, Abdusattorov kuchli beshlikda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ruminiyaning poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha nufuzli Superbet Chess Classic Romania turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu musobaqa Grand Chess Tour 2025 doirasiga kirib, jahon shaxmatining eng kuchli grossmeysterlarini bir maydonda jamladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 350 000 dollarni tashkil qildi.

Yurtimiz sharafini himoya qilgan Nodirbek Abdusattorov turnirni 4,5 ochko bilan kuchli beshlikda yakunladi. U so‘nggi — 9-turda amerikalik Wesley So bilan oq donalarda durang o‘ynab, jami 1 g‘alaba, 7 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etdi. Aytish joizki, Abdusattorov turnirdagi yagona mag‘lubiyatini keyinchalik chempionlikni qo‘lga kiritgan hindistonlik Rameshbabu Pragg’nanandhadan qabul qilgan edi.

Turnir g‘olibi — Rameshbabu Pragg’nanandha bo‘ldi. U so‘nggi turda Levon Aronyan bilan durang o‘ynab, jami 5,5 ochko to‘pladi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobidan bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov turnirda yuqori reytingli raqiblarga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatib, Grand Chess Tourning dastlabki bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting