locale OZ

Superbet Chess Classic Romania: Nodirbek Abdusattorov ochko jamg‘arishni davom ettirmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ayni paytda Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir — Superbet Chess Classic Romania bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bellashuv Grand Chess Tour 2025 doirasiga kiradi va mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Turnir g‘olibi 100 000 dollarlik chekni qo‘lga kiritadi.

Dunyoning yetakchi grossmeysterlari qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. 8 turdan so‘ng u 1 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat bilan 4 ochko jamg‘argan holda, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 7-o‘rindan 5-pog‘onaga ko‘tarildi.

Kechagi amerikalik Uesli Sodan ustun kelgan hindistonlik Rameshbabu Praggnaanandhaa 5 ochko bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju ham musobaqadagi ilk g‘alabasini qayd etdi — u qora donalarda Levon Aronyanni mag‘lub etdi.

Bugun turnirning hal qiluvchi — 9-tur bahslari o‘tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda 3,5 ochkoli amerikalik grossmeyster Uesli Soga qarshi to‘qnash keladi. Agar hamyurtimiz bu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, u holda musobaqani kuchli uchlikda yakunlash ehtimoli juda yuqori.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting