locale OZ

Superbet Chess Classic Romania. Abdusattorov 3-turda mag'lub bo'ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Ruminiya poytaxti Buxarestda shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Chess Classic Romania turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqa Grand Chess Tour 2025 doirasiga kiradi va uning jami mukofot jamg'armasi 350 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. G'olib 100 ming dollar sohibiga aylanadi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Abdusattorov turnirda faol ishtirok etmoqda. Ilk ikki turda u amerikalik Levon Aronyan va hindistonlik jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi durang qayd etgan edi. 3-turda esa hamyurtimiz Rameshbabu Pragg'nanandhaga qarshi qora donalarda o‘ynab, mag‘lubiyatga uchradi.

Uchinchi turdagi besh partiyadan uchtasida durang qayd etildi. AQSh vakili Fabiano Karuana fransiyalik Alireza Firuzjani mag'lub etdi. Gukesh ruminiyalik Bogdan-Daniel Deac bilan, Wesley So (AQSh) polyak Jan-Krzysztof Duda bilan, Levon Aronyan esa fransuz Maxime Vachier-Lagrave bilan durang o'ynadi.

Abdusattorov keyingi turlardagi ishtirokini davom ettiradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting