locale OZ

Superbet Chess Classic: Abdusattorov peshqadamga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Buxarest, Ruminiyada davom etayotgan klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli Superbet Chess Classic Romania turniri qizg‘in pallaga kirdi. Bu Grand Chess Tour 2025 doirasidagi dastlabki bosqich hisoblanadi. Musobaqa mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarni tashkil etib, g‘olib 100 ming dollar egasiga aylanadi.

Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham asosiy sovrin uchun kurash olib bormoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan 6-turda u peshqadamlardan biri — fransiyalik Maksim Vashye-Lagravga qarshi qora donalarda durang qayd etdi va muhim ochko qo‘lga kiritdi.

Abdusattorov hozircha g‘alaba qayd etmagan — u 5 marta durang o‘ynagan, bir marta mag‘lub bo‘lgan. Ayni vaqtda 2,5 ochko to‘plagan grossmeysterimiz musobaqa jadvalida 9-pog‘onada bormoqda.

Bugungi 7-turda Nodirbek oq donalarda Polsha vakili Yan-Krishtof Dudaga qarshi taxtaga chiqadi. Qizig‘i, Duda ham shu paytgacha 2,5 ochko to‘plagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting