locale OZ

Stol tennisi. O'zbekiston jamoasi mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun O’zbekiston sport delegatsiyasi ham Ozarbayjonga yetib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stol tennisi. O'zbekiston jamoasi mashg'ulotlarni boshlab yubordi
photo: sport vazirligi

Joriy yilning 25-sentabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala, Gyandja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun O’zbekiston sport delegatsiyasi ham Ozarbayjonga yetib bordi.

MDH davlatlari xalqaro sport o’yinlari musobaqalari 26-sentabrdan start oladi. Ilk bahslar stol tennisi bo’yicha o’tkaziladi.

Stol tennisi bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham o’zlariga ajratilgan binolarda joylashib ertangi musobaqa uchun mashg’ulotlarni olib borishmoqda.

Qayd etish lozim mazkur musobaqada 9 ta MDH davlati hamda 15 ta taklif etilgan davlatdan 23 ta sport turi bo‘yicha 3 500 nafardan ortiq sportchilar 246 ta jamlanma medallar uchun bahs olib boradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting