Stol tennisi. Farg'onada o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Joriy yilning 11-19-aprel kunlari Fargʻona viloyatining Fargʻona shahrida stol tennisi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati (U11-U19) musobaqasi start oladi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafardan ziyod professional yoshlar hamda oʻsmir yigit-qizlar oʻzaro bellashadilar.
Mazkur musobaqa Sport vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Qayd etish joizki 11 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati birinchi marta o'tkazilmoqda.
Barcha stol tennis ishqibozlarini mazkur musobaqada sportchilarni qoʻllab quvvatlashga taklif etamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor