locale OZ

Stol tennisi bo‘yicha U-15 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi

Bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar mahoratlarini namoyish etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stol tennisi bo‘yicha U-15 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
photo: sport vazirligi

Joriy yilning 25–28-sentabr kunlari Urganch shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqaning taqdirlash marosimida sport boshqarmasi boshlig‘i N.Djumaniyazova hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi Xorazm viloyat bo‘limi raisi, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alarni topshirdilar.

Musobaqa natijalari:

Qizlar bahsi:

1-o‘rin — Andijon viloyati
2-o‘rin — Xorazm viloyati
3-o‘rin — Jizzax viloyati
3-o‘rin — Toshkent viloyati

O‘g‘il bolalar:

1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Farg‘ona viloyati
3-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting