Stol tennisi bo‘yicha U-13 O‘zbekiston kubogi g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 2–7- oktabr kunlari Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar stol tennisi markazida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlarda yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bosh kotibi Gavhar Muqaddasova, Uchtepa tuman hokimining birinchi o'rinbosari va tuman soliq inspeksiya boshlig'i g‘oliblarga medallar hamda esdalik sovg‘alar va kuboglarni topshirdilar.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
Qizlar bahsi:
1-o‘rin — Andijon viloyati
2-o‘rin — Toshkent shahri
3-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Jizzax viloyati
O‘g‘il bolalar bahsi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Andijon viloyati
3-o‘rin — Samarqand viloyati
3-o‘rin — Toshkent shahri