locale OZ

Stenddan otish boʻyicha sportchimiz jahon rekordini yangiladi

Musobaqada terma jamoamiz sportchilari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stenddan otish boʻyicha sportchimiz jahon rekordini yangiladi
Фото: Olympic.uz

Stenddan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Musobaqada terma jamoamiz sportchilari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Qayd etish joiz, trap dasturida yoshlar oʻrtasida oltin medalga ega chiqqan Ohunjon Abduqodirov jahon rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi.

Oltin medal:
Ohunjon Abduqodirov (trap, yoshlar)

Kumush medal:
Yaroslava Eshtayeva (trap, yoshlar)

Bronza medal:
Ohunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov, Shohruh Sadirov (trap, yoshlar, jamoaviy)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting