locale OZ

Sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston ot sporti Osiyo maydonida!

2025-yil 22–27-oktabr kunlari Bahrayn Qirolligining Manama shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘smirlar Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Sharipov Akbar, o‘zining “Afir” laqabli oti bilan 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida yuksak mahorat, matonat va chavandozlik san’atini namoyon etdi. Kuchli raqobat kechgan final bosqichida u 4-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Valijonov Boburjon va Shokirov Dilshod ham o‘z chiqishlarida barqaror natijalar ko‘rsatib, terma jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissa qo‘shdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting