Sportda doping qo‘llanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-martdagi 27/29-202-son bilan ro‘yxatga olingan Sportda doping qo‘llanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda Toshkent shahar sport boshqarmasi xodimlari hamda Milliy antidoping agentligi mutaxassislari, 14 yoshdan yuqori bo‘lgan sportchilar, trenerlar ishtirok etdilar.
Seminarda mutaxassislar tomonidan sportda doping qo‘llanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish, butunjahon antidoping kodeksidagi sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarliklari, doping test topshirish jarayoni, sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari, murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va hatoliklar bo‘yicha tushunchalar berildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.