locale OZ

Sportchilarimizning joriy yilgi xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga Ruslan Nurudinov start beradi

25-apreldan boshlab Samoaning Apia shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa — Universal Weightlifting Cup bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sportchilarimizning joriy yilgi xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga Ruslan Nurudinov start beradi
photo: Og'ir atletika

25-apreldan boshlab Samoaning Apia shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa — Universal Weightlifting Cup bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnir Osiyo mintaqasining yetakchi sportchilari uchun yilning eng muhim startlari — Osiyo o‘yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida e’tirof etilmoqda.

Musobaqaning eng katta qiziqish uyg‘otayotgan yo‘nalishlaridan biri — -110 kg vazn toifasidagi bahslar bo‘lib, unda ikki yirik atlet — hamyurtimiz Ruslan Nurudinov va Artyom Antropov o‘zaro kuch sinashadi. Olimpiada va jahon chempioni, rekordchi sifatida tanilgan Nurudinov hamda 2024-yilgi jahon chempioni Antropov o‘rtasidagi qarama-qarshilik turnirning markaziy voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Turnir yuqori sovrin jamg‘armasi bilan ham ajralib turadi. Mukofotlar jamoaviy natijalar hamda individual ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Ruslan Nurudinov musobaqadagi ishtirokini 2-may kuni boshlaydi. Sportchimizga omad va zafarlar tilab qolamiz hamda Nurudinovdan yuqori natijalar kutib qolamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting