Sportchilarimiz Milan-Kortina-2026 XIV qishki Paralimpiya o'yinlariga 2 ta yo'llanma qo'lga kiritishdi!
Sportchilarimiz to‘rt yillikning eng muhim qishki startida gigant-slalom dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetso shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XIV Qishki Paralimpiya o‘yinlariga 2 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari — Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmalariga sazovor bo‘lishdi.
Sportchilarimiz to‘rt yillikning eng muhim qishki startida gigant-slalom dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Ma’lumot uchun, XIV Qishki Paralimpiya o‘yinlari 2026 yil 6–15 mart kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor