Sport vazirligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 8 iyul kuni Sport vazirligining 2025 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, keyingi choraklarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti direktori Odil Abdurahmonov, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, sport federatsiya hamda assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirok etdi.
Anjuman chog‘ida MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining hududiy bosqichlari natijalari haqida axborot berdi.
Yig‘ilishda 2025 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik kompleks musobaqalarga milliy terma jamoalarning tayyorgarligi, sportchilarning jismoniy va ruhiy holatini mustahkamlash, hamda sport sohasini raqamlash tirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.