locale OZ

Sport vazirligi ishchi guruhi ishtirokida seminar o‘tkazildi

Masʼullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vazirligi ishchi guruhi ishtirokida seminar o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Ayni kunlarda Sport vazirligi ishchi guruhi Samarqand viloyatida bo'lib turibdi.

Pastdarg‘om tumani hokimligida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini kengaytirish hamda sport natijadorligini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Olimov hamda hokim o‘rinbosari Siroj Hamroyev, hududdagi sport ta’lim muassasalari rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda soha mutaxassislari qatnashdi.

Seminar davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida seleksioner-trenerlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tartibi, “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yoshlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda masʼullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting