Sport vaziri yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Adham Ikramov yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Bugun, 21 iyun kuni Sport vaziri Adham Ikramov ishtirokida unga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir yoshlar bilan birma-bir samimiy muloqot olib bordi. Yoshlar o‘z taklif va istaklarini, shuningdek, duch kelayotgan muammolarini bayon qilishdi. Adham Ikramov mazkur masalalarni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida yoshlarga Sport vazirining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bakradze Iman
Redaktor