locale OZ

Sport vaziri Xalqaro Shaxmat federatsiyasi raisi bilan uchrashdi

3-FIDE shaxmat olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko'rib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vaziri Xalqaro Shaxmat federatsiyasi raisi bilan uchrashdi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vaziri Adham Ikramov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) boshqaruvi raisi o'rinbosari Dana Reizniece-Ozola boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o`rtasida 3-FIDE shaxmat olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko'rib chiqildi.

Dastlab, FIDE boshqaruvi raisi o'rinbosari Dana Reizniece-Ozola Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o`rtasida 3-FIDE shaxmat olimpiadasini o'tkazish bo'yicha o'z takliflarini bildirib o'tdi.

O'z navbatida, mutaxassislar musobaqa o‘tkaziladigan joyni, infratuzilmani va tashkilotchilar bilan tayyorgarlik jarayonlari, mehmonxonalar, transport va boshqa muhim jihatlarni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazish, har bir yo'nalish bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish hamda kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting