Sport vaziri tomonidan taqdimotlar va amalga oshirilgan ishlar bo'yicha munosabat bildirdi
Sport vaziri Adham Ikramov 2026-yilda "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalarini o'tkazish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot davomida 2025-yilda o'tkazilgan "Prezident olimpiadasi"da erishilgan natijalar, hakamlar faoliyati, medallar va tashkilotchilik jihatlari tahlil qilinib, kelgusi yilda mazkur musobaqani o'tkazish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, kelgusi yildan musobaqa ko'lamini kengaytirgan holda 24 ta sport turi boʻyicha bahslarni joriy etish, “Toshkent-2029” yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi
Sport vaziri tomonidan taqdimotlar va amalga oshirilgan ishlar bo'yicha munosabat bildirilib, zarur o'zgartirishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.