Sport vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda sport maktablari bilan ham tanishdi
Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Bugun xizmat safari davomida Yangiyer shahar sport maktabi "Suzish xafvzasi"da olib borilayotgan taʼmirlash ishlari yangi "Akademik eshkak eshish" bazasi, qurilish ishlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng yangidan foydalanishga topshirilgan viloyat Futbol akademiyasi sport inshootlari va u yerda yosh futbolchilarga yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari kuning ikkinchi yarmida Xovos tumani 1-sonli sport maktabi hamda Mirzaobod tumani sport maktabi faoliyati bilan ham tanishdi.
O‘rganish yakunida viloyat sport boshqarmasi va sport maktablari rahbarlariga o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.