locale OZ

Sport vaziri oʻrinbosari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vaziri oʻrinbosari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi
FOTO: Olympic.uz

Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida bunyod etilayotgan sport inshootlari hamda bajarilayotgan ishlar sifati o’rganildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan qurilish jarayonida zamonaviy standartlar va sportchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur markaz kelgusida olimpiya va paralimpiya sportchilarini yuqori saviyada tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting